Ota-onasi yoki yaqin qarishdoshlari bilan Rossiyaga borgan, ammo vasiylari deportatsiya qilingach, vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan 3 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Guantanamo harbiy-dengiz bazasini mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan “alohida muhim xorijlik jinoyatchilar”ni saqlashga tayyorlashni buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, markaz 30 ming nafargacha migrantni qabul qila oladi.
975 nafar o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya xavfi ostida. Ular ICE’ning yakuniy qarorini olgan, ammo turli sabablar bilan hali hibsga olinmagan migrantlar ro‘yxatida. Ayrim davlatlar fuqarolarini qabul qilmayotgani va huquqiy to‘siqlar tufayli jarayon nafaqat kechikishi, balki to‘la amalga oshmasligi mumkin.
Bosh prokuratura departamenti Toshkent shahrida uch kishini Angliyaga ishga yuborishini aytib, 12 ming dollar olayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda AQShga jo‘natish uchun uy-joy, Jizzaxda Janubiy Koreyaga yuborishga — 12,600 dollar talab qilganlar qo‘lga olindi. Shu kabi holat Toshkentda ham sodir bo‘ldi. Firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida AQShga, Samarqandning Qo‘shrabot tumanida esa Angliyaga ishga yuborish uchun fuqarolardan jami 16 500 dollar olgan shaxslar qo‘lga tushdi.
Bosh prokuratura departamenti o‘tkazgan tadbirlarda Payariqda fuqaroni AQShga yuborish uchun 10 ming dollar, Qo‘rg‘ontepada Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish uchun 1900 dollar olgan shaxslar qo‘lga olindi.
Xivada fuqaro 2 nafar tanishini ishlash uchun Norvegiyaga yuborish evaziga 5600 dollar so‘ragani aniqlandi. U avans olayotganda ushlandi.
Uchtepa tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari fuqarolarni AQShga noqonuniy jo‘natish holatlariga chek qo‘ydi. Qo‘lga olinganlardan biri buning uchun 42 ming dollar, ikkinchisi esa 17 ming dollar so‘ragan.
Samarqandda hudud aholisiga 50 ming dollar evaziga AQShga borishga yordam berishni va’da qilgan shaxs avans olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Samarqandda fuqaroni Isroilga ishga jo‘natish uchun 18 ming dollar, Qashqadaryoda 4 kishini Nikaraguaga jo‘natish uchun 35 ming dollar so‘ragan shaxslar qo‘lga olindi.
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxslar fuqaroni 18 ming dollar evaziga AQShga jo‘natishni va’da qilgani aniqlandi.
Toshkent shahri va Samarqand viloyatida fuqarolarni AQSh, Kanada va Fransiyaga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olindi. Ular xizmatlari uchun 32 ming dollargacha pul talab qilgan.
AQShga Meksika orqali noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari endilikda mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi va immigratsiya ishi hal bo‘lgunicha hibsda saqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam bergan oila a’zolari ham viza olishdan mahrum etilishi mumkin.
Pokiston mamlakatda noqonuniy yashayotgan xorijliklarni deportatsiya qilishni boshladi. Ularning aksariyati Afg‘onistondan. BMT mamlakat hukumatini “inson huquqlari sohasidagi halokat”ning oldini olish uchun afg‘onlarni majburan chiqarib yuborishdan voz kechishga chaqirdi.
Germaniya olti davlat, jumladan, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Bu, jumladan, noqonuniy migrantlarning o‘z vatanlariga tezroq qaytishlariga imkon beradi.
Toshkentda fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natish bo‘yicha navbatdagi urinishning oldi olindi. Buning uchun bir holatda 30 ming dollar, ikkinchisida 3500 dollar va 14 million so‘m talab qilingan.
Samarqand va Toshkent shaharlarida fuqarolarni 40 ming dollar evaziga viza rasmiylashtirib berishni va’da qilib, AQShga jo‘natishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi.
Samarqandda uch nafar fuqaroni 60 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natishga va’da qilgan erkak qo‘lga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ikki samarqandlikka AQShga yuborishga va’da berib, har biridan 30 ming dollardan talab qilgan shaxslarni qo‘lga oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting